Synergy PharmCo
Представительство инновационных препаратов
Здоровое будущее- наша цель 🎯
Сохраним здоровье вместе!
23/07/2026
Dori qabul qilgandan keyin kuzatilgan har qanday noqulay holat allergiya degani emas.
Nojoʻya taʼsir va allergiya bir-biridan farq qiladi. Ularning belgilarini toʻgʻri ajrata bilish dorilarni xavfsiz va oqilona qoʻllashda muhim ahamiyatga ega.
Agar dori qabul qilgandan soʻng noodatiy belgilar paydo boʻlsa, oʻzboshimchalik bilan davolanishni davom ettirmang. Shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Sogʻligʻingizga masʼuliyat bilan yondashing — ishonchli maʼlumot esa toʻgʻri qaror qabul qilishning birinchi qadami.
13/07/2026
Generik preparatning sifati qanday baholanadi?
Bioekvivalentlik tadqiqotlari generik preparatning original dori vositasi bilan bir xil darajada organizmga so‘rilishi va ta’sir ko‘rsatishini ilmiy mezonlar asosida baholash imkonini beradi.
Bu tadqiqotlar dori vositasining belgilangan standartlarga muvofiqligini tasdiqlash, uning sifati, xavfsizligi va samaradorligini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Karuselni ko‘ring va bioekvivalentlik nima ekanini batafsil bilib oling.
01/07/2026
Dori vositasi va biologik faol qo‘shimcha bir xil vazifani bajarmaydi.
Ularning maqsadi, qo‘llanilish sohasi va organizmga ta’siri o‘zaro farq qiladi. To‘g‘ri tanlov qilish esa ishonchli ma’lumot va mutaxassis tavsiyasiga tayanishni talab etadi.
Karusel orqali ularning asosiy farqlari bilan tanishing va salomatligingiz uchun ongli qaror qabul qiling.
Har qanday mahsulotni qabul qilishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
’lomhayot
27/06/2026
Dori vositalarini qanday saqlashingiz ham ularning samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi.
Ko’pchilik dorining yaroqlilik muddatiga e’tibor beradi, ammo uni qanday sharoitda saqlash ham shunchalik muhim. Noto’g’ri harorat, quyosh nuri yoki namlik ta’sirida dori vositasining tarkibi o’zgarishi, ta’siri kamayishi yoki umuman yo’qolishi mumkin.
Shu sababli dori vositalarini:
Qadoqda ko’rsatilgan haroratda saqlang.
Quyosh nuri va namlikdan himoya qiling.
Bolalar qo’li yetmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati va qadoq holatini muntazam tekshirib turing.
To’g’ri saqlangan dori — xavfsiz va samarali davolanishning muhim omillaridan biridir.
06/06/2026
Soxta dori vositalari tashqi ko‘rinishidan asl mahsulotdan deyarli farq qilmasligi mumkin. Ammo ularning sifati va samaradorligi kutilgan natijani bermasligi ehtimoli mavjud.
Shu sababli dori xarid qilishda uning kelib chiqishi, qadoqdagi ma’lumotlari va sotib olinayotgan manbaning ishonchliligiga e’tibor qaratish muhim. Chunki sog‘liq — ishonchli tanlovlardan boshlanadi.
04/05/2026
Markaziy asab tizimini qo‘llab-quvvatlashda kompleks yondashuv muhim ahamiyatga ega. Цитиколин комплекс tarkibidagi faol komponentlar miya faoliyati, xotira, diqqat va psixoemotsional barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Zamonaviy formula bolalar rivojlanish jarayonida muhim ko‘rsatkichlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
Synergy Pharmco — ilmiy yondashuv asosidagi salomatlik yechimlari.
30/04/2026
Jigar — organizmning asosiy “filtri” bo‘lib, har kuni yuzlab zararli moddalarni qayta ishlaydi. Ammo toksinlar ko‘payganda va yuklama ortganda, bu jarayon sekinlashadi. Natijada holsizlik, energiya pasayishi va umumiy noqulaylik paydo bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri qo‘llab-quvvatlash orqali jigar faoliyatini tiklash, organizmni tozalash va kundalik energiyani qayta his qilish mumkin. Radoksil — jigarni himoya qilish, tiklash va detoks jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash uchun kompleks yechim.
27/04/2026
Temir yetishmovchiligi — bu shunchaki charchoq emas, balki organizmingiz berayotgan muhim signal.
Feramin — temir, foliy kislotasi, B12 va C vitamini bilan boyitilgan kompleks bo‘lib, qon tarkibini qo‘llab-quvvatlaydi, energiyani oshiradi va umumiy holatingizni yaxshilashga yordam beradi.
Kuch, faollik va sog‘lom hayot — barchasi temir balansidan boshlanadi.
Bugundan o‘zingizga g‘amxo‘rlik qiling!
18/04/2026
Homiladorlik va emizish davri — ayol organizmi uchun eng mas’uliyatli bosqichlardan biri bo‘lib, bu davrda to‘g‘ri tanlangan vitamin-mineral kompleks nafaqat ona salomatligini, balki homilaning to‘g‘ri rivojlanishini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu kompleks tarkibidagi metilfolat, yod, sink va magniy muhim biologik jarayonlarda faol ishtirok etib, miya rivoji, asab tizimi va immunitetni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, Vitamin D3, A, biotin va lutein suyaklar mustahkamligi, ko‘rish qobiliyati hamda umumiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Har bir komponent ehtiyotkorlik bilan tanlangan bo‘lib, organizm ehtiyojlarini kompleks tarzda qondirishga qaratilgan. Sog‘lom ona — sog‘lom kelajak poydevoridir.
27/11/2025
“Eraton Kids tomchilarini qabul qilgan bolajonlarning suyaklari baquvvat, tishlari esa sog‘lom bo‘lib o‘sadi.”
Click here to claim your Sponsored Listing.
Category
Contact the business
Website
Address
Tashkent