Arthro Complex company

Arthro Complex company

Share

Shifokor ko'rsatmasisiz iste'mol qilish mumkin

Oilalar uchun sog‘liq va harakatchanlikni tabiiy qo‘shimchalar orqali yaxshilash, shuningdek, katta avlodga minnatdorlik va g‘amxo‘rlik madaniyatini shakllantirish.

25/03/2025

💉Artro Kompleks mahsuloti dori, ukolmi deb ko'pchilik so'radi.

💊Artro Kompleks - bu BFQ, ya'ni biologik faol qo'shimchalar kompleksidir. Mahsulot tarkibidagi har bir komponentning o'zi yana bir qancha faol qo'shimchalar birlashmasidan iborat.

🏭Mahsulot xomashyosi Germaniyaning "Stern Vitamin" zavodida ishlab chiqarilgan.

📩Mahsulot haqida batafsil ma'lumot olish uchun izohlarda + belgisini qoldiring!

📱 Murojaat uchun:
+998 71 207 37 31
____

Artro Kompleks - avlodlar bo'ylab g'amxo'rlik.

01/03/2025

🌙 Ramazon muborak bo'lsin! 🤲

Muqaddas Ramazon oyi barchamizga tinchlik, baraka va shifo olib kelsin! 🙌 Ushbu muborak kunlarda har bir ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lib, qalbingiz nur va ezgulik bilan to‘lsin.

Sog‘liq – eng katta boylik! 💙 Ramazon oyida tanamizni ham, ruhiyatimizni ham asrab-avaylash muhim. Sog‘lom bo‘ling, harakatda bo‘ling va bo‘g‘imlaringizga e’tibor bering!

✨ Arthro Complex jamoasi sizga mustahkam sog‘liq va baxt tilaydi!
📿 Ro‘zalarimiz qabul bo‘lsin, yuraklarimiz nurga to‘lsin! 💫

Ramazon muborak! 🌙✨

03/02/2025

Suyak rentgenogrammasi: suyaklaringiz salomatligi ko'zgusi 🦴 🔍
Suyak rentgenogrammasi (rentgenografiya) zamonaviy tibbiyotda eng muhim diagnostika vositalaridan biri bo'lib, shifokorlarga tanani ko'rish va suyaklarning holatini baholash imkonini beradi. Suyaklardagi og'riq, jarohatdan tuzalgandan keyingi asoratlari, artrit yoki osteoporoz kabi surunkali kasalliklarda suyak rentgenogrammasi davolanishga yordam beradigan muhim ma'lumotlarni beradi.

🔔 Nima uchun suyak rentgenogrammasi muhim?
⚠️ Suyak sinishi va shikastlanishini aniqlaydi⚡️
⚠️ Artrit va osteoartrit kabi bo'g'im kasalliklarni aniqlaydi 🦵
⚠️ Osteoporoz va suyak zichligi monitorlari, ularning yo'qolishi 🏋️‍♂️
⚠️ Suyak infeksiyasi va anomaliya tashxisi 🦠
⚠️ Suyak to'qimalarining o'smalari yoki g'ayrioddiy o'sishini aniqlashga yordam beradi 🎗

🟢 Bu qanday ishlaydi?
Past dozali nurlanishdan foydalanib suyaklar va bo'g'imlarning tasvirlarini olinadi. Suyaklar kabi zich tuzilmalar ko'proq nurlanishni o'zlashtiradi va oq rangga o'xshaydi, yumshoq to'qimalar esa quyuqroq ko'rinadi, bu esa shifokorlar tomonidan tahlil qilish uchun aniq kontrast hosil qiladi. Jarayon tez, og'riqsiz va invaziv emas.
🔬 Tartibi:
1️⃣ Sizdan zargarlik buyumlari va metall buyumlarni olib tashlashingiz so'raladi.
2️⃣ Mutaxassis bemorning qay holatda turishini tekshiriladigan sohaga qarab belgilaydi.
3️⃣ Raqamli rentgen apparati bir necha soniya ichida suratga oladi 📸
4️⃣ Shifokor rentgen nurlarini yoriqlar, siljishlar yoki kasallik belgilari uchun tahlil qiladi

‼️ Uning cheklovlari qanday?
⚠️ Mushaklar, paylar yoki tendonlarning shikastlanishini aniqlash mumkin emas (buning uchun MRT kerak)
⚠️ Osteoporozning dastlabki bosqichlarida tashxis qo'yish qiyin (DEXA bilan skanerlash aniqroq natija beradi)
⚠️ Radiatsiya miqdori minimal bo'lsada homilador ayollar uchun tavsiya etilmaydi

🆘 Suyak rentgenogrammasini qachon olish kerak?
✅ Suyaklardagi og'riq, qattiqlik yoki shish
✅ Ko'p singan yoki zaif suyaklar
✅ Baxtsiz hodisalar yoki jarohatlardan keyin tekshirish
✅ Artrit yoki osteoporoz holatini kuzatish

📢 Suyaklaringizning sog'lig'iga g'amxo'rlik qiling! Agar biron bir alomat paydo bo'lsa, mutaxassis bilan maslahatlashing va muammolarni erta aniqlash va tiklanish uchun to'g'ri qadamlar qo'yish uchun suyak rentgenografiyasini amalga oshiring

📩Mahsulot haqida batafsil ma'lumot olish uchun izohlarda + belgisini qoldiring!

📱 Murojaat uchun:
+998 71 207 37 31
____

Artro Kompleks - avlodlar bo'ylab g'amxo'rlik.

Photos from Arthro Complex company's post 30/01/2025

🌿Xondroitin nafaqat bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi, balki bo‘g‘imlardagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirib, immun tizimini ortiqcha zo‘riqishdan saqlaydi. Yallig‘lanishni kamaytirish orqali organizmni boshqa kasalliklar bilan kurashishga ko‘proq resurs qoldiradi.

📩Mahsulot haqida batafsil ma'lumot olish uchun izohlarda + belgisini qoldiring!

📱 Murojaat uchun:
+998 71 207 37 31
____

Artro Kompleks - avlodlar bo'ylab g'amxo'rlik.

Photos from Arthro Complex company's post 24/01/2025

Artrit va artroz kasalliklarining o'rtasidagi farqni bilasizmi?

📩Mahsulot haqida batafsil ma'lumot olish uchun izohlarda + belgisini qoldiring!

📱 Murojaat uchun:
+998 71 207 37 31
____

Artro Kompleks - avlodlar bo'ylab g'amxo'rlik.

24/12/2024

🥦 Yoshi katta insonlarda hazm qilishni yaxshilaydigan mahsulotlar

Yosh o‘tishi bilan inson organizmida ko‘plab o‘zgarishlar yuz beradi, jumladan, hazm qilish tizimi ham sekinlashadi. Bu esa qulaylik va energiya darajasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo hazm qilishni yaxshilash uchun tabiat bizga kerakli mahsulotlarni taqdim etgan. Siz ota-onangiz yoki yoshi katta yaqinlaringizning sog‘lom va baquvvat bo‘lishini istasangiz, ushbu foydali mahsulotlarni ovqat ratsionlariga qo‘shishni unutmang!

1️⃣ Bargli ko‘katlar va sabzavotlar
Ismaloq, karam, brokkoli va boshqa bargli ko‘katlar – tabiiy tola va antioksidantlarga boy bo‘lib, ichak faoliyatini yaxshilaydi va hazm qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi.

2️⃣ Yog‘li baliq va Omega-3 yog‘ kislotalari
Losos, skumbriya va sardina kabi baliqlar yallig‘lanishni kamaytirib, ovqatni osonroq hazm qilishga yordam beradi. Omega-3 yog‘ kislotalari ham ichak sog‘lomligini saqlaydi.

3️⃣ Probiotik va prebiotiklarga boy mahsulotlar
Yogurt, kefir, achitilgan karam (kimchi) kabi mahsulotlar ichakda foydali bakteriyalarni ko‘paytirib, hazm qilish tizimini kuchaytiradi. Prebiotiklar esa (masalan, banan va sarimsoq) probiotiklar uchun oziqa bo‘lib xizmat qiladi.

4️⃣ Tolaga boy mahsulotlar
Jo‘xori, qora guruch, suli yormasi kabi mahsulotlar ham hazm qilish tizimini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, kun davomida yetarli miqdorda suv ichish ham juda muhim.

5️⃣ Mevalar va rezavorlar
Olma, apelsin, anor, yong‘oq va ko‘k rezavorlar vitaminlar va tolaga boy. Ular hazm qilishni yaxshilab, ichakning samarali ishlashiga yordam beradi.

6️⃣ Zanjabil va zarchava
Zanjabil oshqozon faoliyatini rag‘batlantirsa, zarchava yallig‘lanishni kamaytiradi va hazm qilishni osonlashtiradi.

7️⃣ Qora shokolad va bodom
Tabiiy qora shokolad tarkibidagi flavonoidlar va bodomdagi foydali yog‘lar oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

💡Ota-onangiz yoki bobo-buvilaringizga hazm qilishni yaxshilash uchun sog‘lom mahsulotlarni taqdim eting. Ularni nafaqat mazali, balki foydali ovqatlar bilan quvontiring. Sog‘lom ovqatlanish – sog‘lom hayotning eng muhim qismi! 🧡

📌 Sizningcha, hazm qilishni yaxshilash uchun yana qaysi mahsulotlar muhim? Izohlarda fikringizni qoldiring!

📱 Murojaat uchun:
+998 71 207 37 31
____

Artro Kompleks - avlodlar bo'ylab g'amxo'rlik.

Photos from Arthro Complex company's post 19/12/2024

💊Sink tanangizdagi 300 dan ortiq fermentlar uchun juda muhimligini bilasizmi?

Immunitet tizimini kuchaytirishdan tortib terining holatini yaxshilashga va hatto ta'm va hidni bilishni qo'llab – quvvatlashga qadar - sink hammasida muhim ahamiyat kasb etadi!
💪Kuchli, sog'lom bo'lish uchun har kuni yetarli miqdorda sink iste'mol qilishingizga ishonch hosil qiling!

📩Mahsulot haqida batafsil ma'lumot olish uchun izohlarda + belgisini qoldiring!

📱 Murojaat uchun:
+998 71 207 37 31
____

Artro Kompleks - avlodlar bo'ylab g'amxo'rlik.

Photos from Arthro Complex company's post 10/12/2024

Kalsiyning inson tanasiga foydalari haqida nimalarni bilasiz?

🔋Inson tanasida Ca(Kalsiy) suyaklarning normal rivojlanishi, xotiraning yaxshi bo'lishligi, tirnoq va sochlarning baquvvat holda bo'lishi, tomirlar qisqarishi va kengayishi, nerv impulslarining o'tkazilishi, mushaklar qisqarishi, gormonlar sekretsiya (ajralishi)si, bolalarda o'sish va rivojlanishini yaxshi bo'lishligini ta'minlaydi. Agar Kalsiy yetishmasligining belgilaridan xabardor bo'lsak uning tanamizga qanchalik darajada kerakligini bilib olamiz.

Kalsiyni organizmda kamayishining belgilari: tirnoq va sochlar sinuvchan bo'ladi, suyaklarda lat yeyish holati ko'p kuzatiladi, xotira pasayadi, parishonxotir bo'lishi, gallyutsinatsiyalar (ko'zga har xil narsalarning ko'rinishligi), tomirlar tortishishi, tez charchash, muddatidan avval soch oqarishi, umurtqa pog'onasida: bo'yin va beldagi og'riqlar.

👩‍⚕Tibbiyot xodimlari fikriga ko'ra, inson kuniga 1 000 mg kalsiy qabul qilishi kerak, 60 yoshdan oshgan keksalar esa kuniga 1 200 mg. Biroq bu moddani qabul qilish va o'zlashtirish bir xil ish emas. Kalsiy metabolizmi boshqa oziq moddalari ishtirokida sodir bo'ladi: oqsil va D vitamini. Ularsiz kalsiy yetishmovchiligidan aziyat chekishingiz mumkin.

Shu holatlarni oldini olish uchun qanday yo'l tutiladi? Birinchi navbatda organizmga Kalsiyning so'rilishiga to'sqinlik qiladigan omillarni yo'q qilish, so'ngra yetishmayotgan Kalsiyning o'rnini to'ldirish kerak, buning uchun: gazlangan ichimliklar ichishni to'xtatish (ular suyaklardagi kalsiyni suyultiradi), qahvani meyoridan ortiqcha ichmaslik (u suyaklar faoliyatiga gazli suv kabi ta'sir ko'rsatadi), ko'proq harakat qilish (harakatsiz hayot tarzi suyak skeletining eng asosiy tarkibiy qismlarini yo'qotilishiga sababdir), yog'li ovqatlarni kamroq istemol qilish (ular kalsiyning so'rilishini sekinlashtiradi) tamaki mahsulotlarni chekishni to'xtatish (suyak yemirilishiga olib keladi) kabi tavsiyalarga amal qilish kerak.

Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilgandandan so'ng, kalsiyga boy bo'lgan mahsulotlarni iste'mol qilish lozim.

📱 Murojaat uchun:
+998 71 207 37 31
____

Artro Kompleks - avlodlar bo'ylab g'amxo'rlik.

07/12/2024

🛡Immunitetingiz sizni himoya qila oladimi?

Artro Kompleks tarkibidagi komponentlar organizmning immun tizimini mustahkamlashda qanday yordam beradi?

1. Kalsiy (Calcium):

🌿Kalsiy nafaqat suyak va bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi, balki qon hujayralarining to‘g‘ri ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Bu esa immunitet tizimining faol ishlashi uchun muhimdir.
🌿Qonning quyulishini boshqarib, yaralarning tezroq bitishiga yordam beradi.
🌿Mushaklarning, shu jumladan yurak mushaklarining sog‘lom ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi.

2. Papaya fermentlari:

🌿Papain va boshqa fermentlar oshqozon-ichak tizimining faoliyatini yaxshilaydi, bu esa oziq-ovqatdan foydali moddalar yaxshi so‘rilishini ta'minlaydi. Immunitetni oshirish uchun to‘g‘ri oziqlanish muhim.
🌿Papaya fermentlari yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi, bu esa organizmni ortiqcha stressdan xalos etadi. Stress immunitetni pasaytiradigan omil hisoblanadi.

3. Xondroitin (Chondroitin):

🌿Xondroitin nafaqat bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi, balki bo‘g‘imlardagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirib, immun tizimini ortiqcha zo‘riqishdan saqlaydi.
🌿Yallig‘lanishni kamaytirish orqali organizmni boshqa kasalliklar bilan kurashishga ko‘proq resurs qoldiradi.

4. Sink (Zinc):

🌿Immun hujayralarining faoliyatini rag‘batlantiradi va viruslar bilan kurashishda muhim rol o‘ynaydi.
🌿Yaralarning tez bitishini ta’minlaydi, bu esa organizmning tiklanish qobiliyatini oshiradi.
🌿Organizmda antioksidant sifatida ishlaydi, ya'ni erkin radikallarning zararli ta’sirini kamaytiradi.

Qanday qilib Artro Kompleksdan foyda ko‘rishingiz mumkin?

✅Artro Kompleksning ushbu tarkibi organizmni yallig‘lanishdan himoya qilish, hujayralarni to‘g‘ri oziqlantirish va energiya bilan ta’minlash orqali immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada siz va yaqinlaringiz sog‘lom hayot tarzini saqlab qolishingiz mumkin.

📱 Murojaat uchun:
+998 71 207 37 31
____

Artro Kompleks - avlodlar bo'ylab g'amxo'rlik.

Photos from Arthro Complex company's post 30/11/2024

Hayot yo‘limizda bizni qo‘llab-quvvatlagan, har bir qadamimizda bizga mehr ko‘rsatgan insonlar uchun nima qila oldik? 💭💖

🔹 1. Kalsiy – Suyaklar mustahkamligi uchun hayotiy asos
Suyaklarning sog‘lom bo‘lishi ota-onamizning har kun o‘zlarini erkin his qilishida muhimdir. Kalsiy ularga og‘riqsiz yurish va o‘zlarini tetik his qilish imkonini beradi. 🦴💪 "Ota-onamiz qadamlarini bardam qilsak, o‘z baxtimizni mustahkamlaymiz."
🔹 2. Papaya fermentlari – Yengil hazm uchun tabiiy yordam
Hazm jarayoni yaxshi bo‘lsa, tananing holati ham tetik bo‘ladi. Papaya fermentlari hazmni yaxshilab, ota-onangizning kundalik hayotini yaxshilaydi. ✨ "Ularga qulaylik hadya qilish – mehrning bir ko‘rinishidir."
🔹 3. Xondrovit – Harakat erkinligini ta’minlaydi
Ota-onamizning harakatlari og‘riqsiz va qulay bo‘lishi biz uchun ham yengillik. Xondrovit bo‘g‘imlarni qo‘llab-quvvatlab, ularni faol saqlashga yordam beradi. 🏃‍♀️💚 "Har bir og‘riqsiz harakat – bizning sevgi bilan qilgan g‘amxo‘rligimizdir."
🔹 4. Sink – Immunitetni qo‘llab-quvvatlash
Kuchli immunitet ularning uzoq va sog‘lom umr ko‘rishlariga xizmat qiladi. Sink ularni kasalliklardan himoya qiladi. 💊🛡 "Ota-onamizning sog‘lig‘i – bizning eng katta boyligimiz."
Arthro Complex – sog‘liq orqali mehr izhor qilishning eng yaxshi usuli! 💝 Ota-onangizga sog‘liq va baxt ulashing!
👨‍👩‍👧‍👦 Chunki g‘amxo‘rlik – sevgi ifodasidir.

📱 Murojaat uchun:
+998 71 207 37 31

‘amxo‘rlik ‘ligi ‘g‘imSog‘ligi

Category

Address

Tashkent