hazorasp
Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from hazorasp, Health/Beauty, .
Hazoraspda paxta yig‘im-terimiga qizg‘in hozirlik: 204 ta tirkama mavsumga shaylanmoqda
2026-yilgi paxta yig‘im-terim mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida Hazorasp tumanidagi paxta tozalash zavodi hududida amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda tuman prokurori, soha rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, texnikalarni mavsumga tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdi.
Joriy yilda tumanda 5500 gektar maydonda paxta parvarishlanmoqda. Hosilni yig‘ib olish va tashish jarayonida 119 ta fermer xo‘jaligi hamda 204 ta traktor tirkamasi ishtirok etadi.
Ayni damda mutaxassislar nazorati ostida barcha texnikalar to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, soz holatga keltirilmoqda. Shuningdek, haydovchi va operatorlar uchun mehnat muhofazasi hamda texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Maqsad — hosilni nes-nobud qilmay, belgilangan muddatlarda tashib olish.
10/07/2026
Hazorasp tumanda tuman hokimi va tuman prokurori tashabbusi bilan transport harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini yanada takomillashtirish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ta`mirtalab holatga kelib qolgan D213B avtomobil yo‘lining 1–2 kilometr qismida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borildi.
Ayni paytda mazkur hududda zamonaviy tungi yoritish tizimi ham barpo etilmoqda. Bu esa kechki va tungi vaqtlarda haydovchilar hamda piyodalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.
Bayramingiz muborak bo’lsin aziz va shirintoy BOLAJONLAR!
.eldor eldor .fs sizlar bundanda ortiqiga loyiqsizlar!